Cyberkent 4.0 — bu O‘zbekistondagi kiberxavfsizlik jamoalarini bir maydonda jamlaydi!
Ikki tomon. Red team (Qizillar) hujum qiladi. Blue team (Ko‘klar) himoyalanadi. Haqiqiy infratuzilmani aks ettiruvchi jonli virtual muhit. Simulyator yo‘q va raqiblar 48 soat davomida ishlab chiqarish darajasidagi nishonlar bilan kurashadi.
Topshiriq: zaifliklardan foydalanish orqali texnologik boshqaruv tizimiga ruxsat olish va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish. Natija: neft rezervuaridan mahsulot sizib chiqishini yuzaga keltirish.
Topshiriq: mobil ilova va unga bog‘langan backend servislaridagi zaifliklardan foydalanib, himoyalangan bank resurslariga ruxsatsiz kirish imkoniyatini olish. Natija: mobil ilova orqali hisob mablag‘larining shartli ruxsatsiz o‘tkazilishini amalga oshirish.
Topshiriq: aqlli shahar mobil ilovasi orqali turar-joy majmualaridagi kirishni boshqarish va ruxsatlarni tekshirish mexanizmlaridagi zaifliklarni aniqlash. Natija: boshqa turar-joy hududiga tegishli kirish ruxsatini qo‘lga kiritish va boshqaruv funksiyalariga ruxsat olish.
Topshiriq: majmuaning tashqi portali va server zaifliklaridan foydalanib, bosqichma-bosqich ichkariga kirib borish hamda huquq darajalarini oshirish. Natija: sug‘orish tugunlari, quritish pechlari va konveyerlarning ish faoliyatini to‘xtatish.
Bayroqni qo‘lga olish formatidagi musobaqa.
Sun'iy intellekt asosidagi tahdidlar muhitlari.
«Attack Surface AI» orqali zaifliklarni aniqlash.
Amaliy laboratoriyalar.
Ko‘ngilochar hudud.
Tematik savdo zonasi hamda kiberxavfsizlik klublari ko‘rgazmasi.
Interaktiv lazerli nishonga olish va zarbalarni aniqlash jarayonini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Web-kamera — nishon yuzasini doimiy kuzatish va lazer nuri tushgan nuqtani real vaqt rejimida aniqlash uchun;
Proyektor — nishon tasvirini devor yoki maxsus ekranga yuqori sifatda aks ettirish uchun;
Kompyuter — kameradan olingan tasvirlarni qayta ishlash, lazer zarbalarini aniqlash, natijalarni hisoblash hamda foydalanuvchi interfeysini boshqarish uchun;
Lazer pistoleti — foydalanuvchi tomonidan nishonga yo‘naltiriladigan qizil lazer impulsini hosil qilish uchun.
Tezkor fikrlash, bilim va e'tiborni sinovdan o‘tkazuvchi intellektual onlayn viktorina. Ishtirokchilar avval ro‘yxatdan o‘tadilar, so‘ng barcha nomzodlarga bir vaqtning o‘zida saralash savoli yuboriladi. Ushbu savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi asosiy bosqichga yo‘llanma oladi. Asosiy bosqichda test savollariga javob berilib, belgilangan ball chegarasidan yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar to‘plagan ballariga mos qimmatbaho sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi. Ball chegarasiga yeta olmagan ishtirokchilar esa «Cyber Baraban»ni aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lib, unda tushgan sovg‘ani qo‘lga kiritadilar.
CyberQuiz — bilim, tezkorlik va omad uyg‘unlashgan qiziqarli viktorinadir.